Birinchi qadam
Sud qarori va ijro varaqasi bilan majburiy ijro byurosiga ariza bering. Qarzdorning ish joyi, hisobvaraqlari va mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotni ilova qiling.
Ijrochi choralari
Oila kodeksining 139-moddasiga ko‘ra, aliment qarzi avval qarzdorning ish haqi va boshqa daromadidan undiriladi. Ular yetmasa, bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘idan, so‘ng qarzdorning boshqa mol-mulkidan undiriladi.
Qarzni hisoblash
Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, qarz miqdorini davlat ijrochisi aniqlaydi. Hisob-kitobni yozma so‘rang va tekshiring.
Javobgarlik
Sud qarori bo‘yicha aliment jami ikki oydan ortiq to‘lanmasa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47⁴-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqadi. Ma’muriy jazodan keyin takrorlansa, Jinoyat kodeksining 122-moddasi qo‘llaniladi.