Ikki turi
Ichki o‘rindoshlik — asosiy ish joyida. Tashqi o‘rindoshlik — boshqa ish beruvchida.
Rasmiylashtirish
Mehnat kodeksining 435-moddasiga ko‘ra o‘rindoshlik bo‘yicha alohida mehnat shartnomasi tuziladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomada ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotgani ko‘rsatilishi shart.
Cheklovlar
Mehnat kodeksining 433-moddasiga ko‘ra o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi: o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga; asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa, shunday sharoitdagi ishlarda (sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bundan mustasno); qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ta’til
O‘rindoshlik bo‘yicha ham ta’til beriladi. Mehnat kodeksining 439-moddasiga ko‘ra u asosiy ish joyidagi yillik ta’til bilan bir vaqtda beriladi.